Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Odilxon Kamolov Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) bilan to'qnash keladi. Jang ikki sportchi uchun trilogiya maqomida o'tadi.

Ikkinchi asosiy bahsda esa yana bir yurtdoshimiz Bobur Abdulazizov qirg'izistonlik Marsel Nurlanbek Uulu bilan bellashadi.

SHuningdek, turnir asosiy kardi doirasida Og'abek "Saturn" Abdumo'minov qozog'istonlik Aktilek Jolshibekov bilan, Samandar Reimbaev esa Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi Muhammadali Nurusov bilan jang qiladi.

Manba: Olamsport.com