Turnir doirasida mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik og'ir vazn jangchisi Geybl Stivson hamyurti SHon SHarafga qarshi oktagonga chiqadi.

26 yoshli Geybl Stivson erkin kurash bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi hisoblanadi. U aralash yakkakurashlar (MMA)dagi faoliyatini 2025 yilda boshlagan bo'lib, 2026 yildan buyon UFCda jang qilib kelmoqda. Hozirgacha dunyoning eng nufuzli MMA promoushenida 1 ta g'alaba qayd etgan.

33 yashar SHon SHaraf esa 2024 yildan buyon UFCda ishtirok etib kelmoqda. Uning hisobida tashkilot doirasida 2 ta mag'lubiyat bor.

Manba: Olamsport.com