Genri Sexudo boksdagi debyutini mashhur blogerga qarshi o'tkazadi + POSTER

U amerikalik bloger Nuridin SHohid SHabazzga qarshi ringga ko'tariladi. Bu haqda Misfits Boxing promousheni ijtimoiy tarmoqlarda malum qildi.
"Virusli sensaciyaga aylangan Deen The Great Misfits Boxing’ga uzoq kutilgan qaytishini amalga oshiradi. U buyuk to'qnashuvda Olimpiada chempioni va UFC’ning ikki vazn toifasida sobiq chempioni Genri Sexudoga qarshi jang qiladi", — deyiladi promoushen xabarida.
Jang 24 sentyabrdan 25 sentyabrga o'tar kechasi AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tadi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar