Malum qilinishicha, sportchilar 17 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan Global Fight League (GFL) Launch Event turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. 

Ushbu to'qnashuv avval 2025 yil may oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi, ammo GFL'ning ilk turnirlari bekor qilingani sababli jang ham qoldirilgan.

Fergyuson 2025 yil boshida UFC bilan hamkorlikni yakunlab, GFL ligasi bilan shartnoma imzolagan edi. Denis esa so'nggi vaqtlarda bir qator turli formatdagi janglarda ishtirok etib kelmoqda.

Malumot uchun, 42 yoshli Fergyuson UFC tarixidagi eng yorqin engil vazn jangchilaridan biri hisoblanadi. U 12 ta ketma-ket g'alaba seriyasiga erishgan va vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.

Manba: Olamsport.com