"Ferrari" va "Honda Civic". UFC jangchisi Makgregor - Xollouey jangi haqida fikr bildirdi

"Menimcha, Maks bilan haqiqiy jang bo'ladi. Avval ham aytganman, men uning tarafidaman va bor narsamni unga tikaman. Ishonamanki, u bu jangni bir tomonlama ko'rinishga keltiradi. Jangning bir-ikki daqiqasidan keyin Maks tashabbusni to'liq o'z qo'liga oladi.
So'nggi besh yil davomida to'plangan tajriba va jismoniy holatni saqlab qolish eng muhim omil hisoblanadi. Bu qarama-qarshilik «Ferrari» bilan «Honda Civic» poygasiga o'xshaydi. Ammo agar «Ferrari»ning baki chorak qismigacha bo'sh bo'lsa, u har safar yutqazadi. Menimcha, Maks buning uddasidan chiqadi", — dedi Masvidal.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar