"Divizionda jiddiy muammo bo'la oladi". Daniel Korme Ramazon Temirov haqida gapirdi

"Ramazon Temirov ajoyib taassurot qoldirdi. Men anchadan beri bu vaznda shunday nokautli kuchga ega sportchini ko'rmagandim. U nafaqat kuchli zarbaga ega, balki, istalgan raqibni "o'chirib" qo'ya olishga qodir. Stiv Erceg bilan jangda u birinchi raunddayoq kuchli raqibni nokaut qilib, buni isbotladi. Bu nokdaundan keyin jangni to'xtatish emas, toza nokaut edi. Agar Temirov shunday usulda davom etadigan bo'lsa, divizionda istalgan raqibga jiddiy muammo bo'la oladi", - dedi Korme.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar