"Agar sharoit maqul bo'lsa, Deontey Usikka qarshi jang o'tkazish imkoniyatini mamnuniyat bilan qabul qiladi. Usik buyuk chempion, u bilan jang qilish sharaf bo'lardi", - deya Finkelning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Aprel oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Uaylder britaniyalik Derek CHisorani alohida hakamlar qarori bilan mag'lub etgandi. Usik esa may oyida niderlandiyalik kikbokschi Riko Verhuvenni texnik nokaut evaziga engdi. 

Manba: Olamsport.com