Dastin Pore Makgregorga: "Seni yana kaltaklashga tayyorman"

"Makgregor tuzalgach, men bilan bog'lansin. Konor, men oktagonga qaytib, seni yana kaltaklashga tayyorman, lekin endi yarim o'rta vazn toifasida", - deya Porening so'zlarini X ijtimoiy tarmog'idagi Championship Rounds akkaunti keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tgan UFC 329 turnirida Konor amerikalik Maks Xolloueyga qarshi kechgan revansh jangida birinchi raunddayoq jarohat sabab texnik mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar