Dana Uayt UFC jangchisining fojiali vafoti haqida ilk bor fikr bildirdi

"Bu dahshatli. Bilamanki, uning butun jamoasi bu xabardan tom manoda vayron bo'ldi. Ular juda qattiq qayg'urishdi. Bu yosh insonlar bilan sodir bo'lmasligi kerak bo'lgan, ammo afsuski, yuz beradigan dahshatli fojialardan biri", — deydi Uayt MMA Mania nashriga bergan intervyusida.
3 avgust kuni Alan Nasimento uxlayotgan vaqtida yurak xurujini boshdan kechirgani taxmin qilinmoqda. Uning jonsiz holda topilgani malum qilindi. Voqea joyiga etib kelgan tibbiy yordam xodimlarining say-harakatlariga qaramay, uning vafot etgani joyidayoq qayd etilgan.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar