Dana Uayt Jon Jonsning UFC'ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi

"Men bilan Jon o'rtasida hech qachon dushmanlik bo'lmagan. SHunchaki munosabatlarimiz biroz g'alati shakllangan. Jon — barcha davrlarning eng buyuk jangchisi. U bizning qaerda turganimizni va vaziyat qandayligini yaxshi biladi.
Lekin bilmadim... Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Bu hammasidan ko'ra uning o'ziga bog'liq. U bu haqda ko'p gapirishni yaxshi ko'radi. Ammo gapirish boshqa, jang bo'yicha kelishuvga erishish va shartnoma imzolash esa butunlay boshqa masala", — dedi Uayt.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar