Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. SHubhasiz, ushbu natija bilan yurtdoshlarimiz mazkur yosh toifasida ham umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.

Oltin medal:

-51 kg: Gulsevar G'anieva

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova

-60 kg: Mushtariybonu Ibrohimjonova

-65 kg: Sevinch Xurramova

-80 kg: Ruxshona Parpieva

+80 kg: Sobiraxon SHaxobiddinova.

Kumush medal:

-70 kg: Rayxona Qurbonboeva.

Bronza medal:

-54 kg: Uzukjamol Yunusova

-75 kg: Oysha Toirova.

Bugun har ikki yosh toifasidagi yigitlar o'rtasida final janglari tashkil etiladi.

Manba: Olamsport.com