"Men bu darajaga oson yo'l bilan kelmaganman va bu kamarni hech kimga qaytarib bermayman. Agar uni qo'lga kiritmoqchi bo'lsang, qafasga hayotingni xavf ostiga qo'yishga tayyor bo'lib kir. CHunki chempion bo'lishning narxi shunday. Menga kelsak, belimdagi bu kamarni yo'qotgandan ko'ra o'lganim afzal. Kimdir chempionlik uchun jang qilishni istasa, avvalo kamarimga etib kelib, unga qo'lini tekkiza olsin. SHundagina nega juda kam inson chempion bo'lishini va undan ham kamrog'i mendan kamarni tortib olishini tushunadi", deb yozgan Xolmirzaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

25 yashar Avazbek faoliyati davomida 18 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Manba: Olamsport.com