Musobaqaning uchinchi kunida -55 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHahzod Muzaffarov yarim final jangida mezbonlar vakili Suren Rubinyanga qarshi ringga ko'tarildi va butun jang mobaynida katta ustunlikka erishib, 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu orqali SHahzod musobaqa finaliga yo'l oldi.

-70 kg vazn toifasilagi yarim finalda esa yana bir yurtdoshimiz Iqboljon Xoldarov armanistonlik Xurutyun Xakobkoxyanga qarshi bahs yuritdi. Jang yakunida 2:3 hisobida Armaniston vakilining qo'li baland keldi. SHu tariqa Xoldarov turnirning bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Ertaga ham kubok doirasida bokschilarimiz ikki bahsda ishtirok etishadi.

Juftliklar bilan tanishing:

-60 kg: Samandar Olimov - Artur Bazeyan (Armaniston) 14:45

-90 kg: To'rabek Xabibullaev - Hadi Mohammadnejad (Eron) 16:30.

Manba: Olamsport.com