Arman Carukyan navbatdagi jangini CHarlz Oliveyraga qarshi o'tkazadi - manba

Bu haqda Red Fury MMA X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Bu ikki jangovchi o'rtasidagi revansh jangi bo'ladi. Ular ilk bor 2024 yil 13 aprel kuni oktagonda to'qnash kelgan va o'shanda Arman Carukyan hakamlarning bo'lingan qarori bilan g'alaba qozongan edi.
29 yoshli Arman Carukyan professional MMAda 26 ta jang o'tkazib, 23 g'alaba (shundan 15 tasi muddatidan avval) va 3 mag'lubiyat qayd etgan. U professional faoliyatini 2015 yil sentyabr oyida boshlagan, 2019 yil aprelidan esa UFC bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Carukyan erkin kurash va MMA bo'yicha sport ustasi hisoblanadi.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar