Ankalaev tanqidlarga munosabat bildirdi: "Jangning zerikarli o'tishi menga bog'liq emasdi"

Jang Ankalaevning beshinchi raunddagi texnik nokautli g'alabasi bilan yakunlasa-da, tomoshabinlar noroziligiga sabab bo'lgandi.
"Jangning zerikarli o'tishi menga bog'liq emasdi. Men oldinga intildim, jang qilishni xohladim, ammo raqib ikkinchi raqam ostida harakat qilib, doimiy ravishda qochishni boshladi. Keyin men kurashga o'tib, jangni yakunlashga qaror qildim", — dedi Ankalaev "Red Corner MMA" kanalining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida elon qilingan videoda.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar