«Amaldagi chempion hali qaytmaydi, uning tiklanishi uchun yana ancha vaqt kerak. UFC qanday taklif beradi — buni ko'ramiz. Balki top-5likdagi raqiblardan biri yoki yuqoriga ko'tarilganlardan, masalan, Kosta yoki Uittaker bilan jang qilish qiziq bo'lardi. Ular bilan hali to'qnash kelmaganman. Asosiy maqsadim — chempionlik kamari uchun jang qilish. Ammo chempion hozircha oktagonga qayta olmayotgan ekan, divizionni «tozalash»da davom etamiz», — dedi Ankalaev MMAJunkie nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda UFC yarim og'ir vazn toifasining amaldagi chempioni yangi zelandiyalik Karlos Ulberg hisoblanadi.

Manba: Olamsport.com