Engil vazn toifasida UFC chempioni Jastin Getjining ham menejeri bo'lgan Ali Abdel-Azizning aytishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp jangchini Oq uyga taklif qilgan va uning shaxsiyatiga qoyil qolib, u bilan uch soat suhbatlashgan.

"Uch hafta oldin men Prezident Tramp Jastin Getjini taklif qilganini va u bilan uch soat suhbatlashganini ko'rish imkoniyatiga ega bo'ldim. Men AQSH Prezidentining Jastin bilan qanday muloqot qilganidan hayratda qoldim. U bu odamga qoyil qoladi va uni hurmat qiladi. Ishochim komil, Tramp ikki jangchini hammadan ko'proq yaxshi ko'radi: Jastin Getji va Xabib Nurmagomedov!", - deya Abdel-Azizning so'zlarini MMA Fighting nashri keltirmoqda.

Manba: Olamsport.com