"Aleks Pereyra og'ir vaznda qoladi" - murabbiy

"U og'ir vaznda qoladimi? Ha, reja shu. Uni 2026 yilda yana ko'ramizmi? Umid qilaman. Jangdan keyin Aleks kim keyingi raqib bo'lishini so'radi. Hatto bu jangdan oldin ham shu haqda so'ragandi. U allaqachon keyingi jang haqida o'ylayapti va avgust oyida ham jang qilishga tayyor (kuladi). U doimo jang qilishni xohlaydi.
Men unga: “Hozir dam olish uchun yaxshi vaqt, sen uzoq vaqt davomida bir jang ketidan boshqasiga chiqding”, dedim. Ammo u jang qilishni istayapti", — dedi Teysheyra.
Manba: Olamsport.com
Kommentariyalar