Boks, JCh. Yarim finalda o'zbek bokschilari ko'proqmi, yoki qozoqlar?

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun musobaqada dam olish kuni. 10 sentyabr kungi janglar yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili yarim finalgacha etib keldi (6 nafar erkak, 3 nafar ayol). Shuningdek, ertaga yana 3 nafar hamyurtimiz chorak final jangini o'tkazadi.
Qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasida esa 8 nafar sportchi (5 nafar ayol, 3 nafar erkak) yarim final yo'llanmasini naqd qildi. Ertaga qo'shnilarimizning ikki nafar bokschisi chorak finalda ringga ko'tariladi.