Liverpulda davom etayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida -80 kg vaznda bo'lib o'tgan bahsda, Javohir Ummataliev polshalik Nikodem Kozakni qiyinchiliksiz mag'lub etdi.

Bahs davomida u raqibini nokdaunga ham tushirib qo'ydi. 5:0.

Javohir endi 9 sentyabr kuni chorak finalga o'tish bahsida ringga ko'tariladi.

Bugun yana 3 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi:

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (Chernogoriya) B ring. 22:30

-70 kg Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya) A ring. 23:30

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jianxao Ju (Xitoy) B ring. 01:45

Manba: www.stadion.uz.