Boks, Jahon chempionati. Xumorabonu Mamajonova raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etdi

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o'rin olgan janglarni hamyurtimiz g'alaba bilan boshladi.
-57 kg vaznda bo'lib o'tgan bahsda, Xumorabonu Mamajonova Yangi Zelandiya vakilasi Lai-Karlile Alini katta ustunlik bilan mag'lub etdi. 5:0.
Mamajonova keyingi bahsini 7 sentyabr kuni o'tkazadi.
Manba: www.stadion.uz.