Boks. Iqboljon Xoldorov Bishkekda g'alaba qozondi

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida professional boks bo'yicha o'tkazilgan kechada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi g'alabaga erishdi.
Havaskor boksda 2017 yilgi jahon chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi Iqboljon Xoldorov 6 raundlik jangda qirg'izistonlik Argen Kadirbek Uulu bilan ro'baro' keldi.
Professional boksda ettinchi marta ringga ko'tarilgan hamyurtimiz raqibini 5 raundda texnik nokautga uchratib, navbatdagi g'alabasini tantana qildi.