Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue ikkinchi engil vazn toifasida (55,22 kg gacha) mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Tokioda bo'lib o'tgan jangda u o'z hamyurti Dzyunto Nakatanini mag'lubiyatga uchratdi.

To'qnashuv to'liq 12 raund davom etdi va uning yakunlariga ko'ra, hakamlar bir ovozdan g'alabani Inouega taqdim etishdi.

Yaponiyalik bokschi Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yo'nalishlari bo'yicha chempionlik kamarlariga egalik qiladi. 33 yoshli sportchi ushbu vazn toifasida ettinchi bor mutlaq jahon chempioni unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Endilikda yaponiyalik bokschining hisobida professional ringda 33 ta g'alaba bor va u hali biror marta mag'lub bo'lmagan. 28 yoshli Nakatani esa faoliyatidagi 32 ta g'alabadan so'ng ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.