Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Kecha kun davomida 11 nafar bokschilarimiz yarim final uchun ringga ko'tarildilar.

Ikki nafar vatandoshimiz o'z ishtirokini chorak finalda yakunladi. Eng engil vazndagi vakilimiz Shodiyorjon Meliqo'ziev ozarboyjonlik raqibiga yutqazib qo'ygan bo'lsa, World Boxing yo'nalishida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Akmaljon Isroilov rossiyalik bokschiga imkoniyatni boy berdi.

-92 kg vaznda To'rabek Habibullaev kubalik ikki karra Olimpiada chempioni va besh karra Jahon chempioni Xulio La Kruzni 4:1 hisobida mag'lub etganini e'tirof etish joiz.

Natijalar bilan tanishing:

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo'ziev - Subxan Mamedov (Ozarbayjon) - 1:4

-54 kg: Asilbek Jalilov - Artur Nagapetyan (Serbiya) - 4:1

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Mahammadali Ashiraliev (Ozarbayjon) - 5:0

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Sanatali Toltaev (Qozog'iston)  - 4:1

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) - 5:0

-86 kg: Akmaljon Isroilov - Sharabutdin Ataev (Rossiya) - 0:5

+92 kg: Arman Maxanov - Alexandro Lopez (Kuba)  - 5:0

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Meroj Sufijonov (Tojikiston) - 5:0

-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Jirair Sarisyan (Armaniston) - 4:1

-80 kg: Javohir Ummataliev - Artyom Ageev (Serbiya) - 5:0

-92 kg: To'rabek Xabibullaev - Xulio Sezar La Kruz (Kuba) - 4:1.

Manba: stadion.uz