Boks bo'yicha JCh. Olti sportchimiz finalga chiqdi!

BAAning Dubay shahrida o'tayotgan boks bo'yicha IBA jahon chempionatida kecha yarim final janglari o'tkazildi. Ushbu bosqichga O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar a'zosi etib kelgan edi va ularning 8 nafari kecha ringga ko'tarildi.
75 kg vazndagi vakilimiz Fazliddin Erkinboev jarohat sabab yarim final jangini o'tkaza olmadi.
Shuningdek, Asilbek Jalilov rossiyalik raqibiga, Xo'janazar Nortojiev esa tojikistonlik bokschiga yutqazib qo'yib, bronza medali hamda 75 ming dollar miqdoridagi sertifikat bilan taqdirlandi.
Qolgan 6 nafar sportchimiz g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Natijalar bilan tanishing:
-54 kg: Asilbek Jalilov - Vyacheslav Rogozin (Rossiya) - 0:5
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Bazeyan (Armaniston) - 5:0
-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Alexandru Paraschiv (Moldova) - 5:0
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sabirjan Akkalikov (Qozog'iston) - hamyurtimiz jarohat tufayli jang o'tkazmadi.
-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Rudolf Garboyan (Armaniston) - 5:0
-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Xusravxon Rahimov (Tojikiston) - 0:5
-80 kg: Javohir Ummataliev - Arlen Lopez Kardona (Kuba) - 5:0
-92 kg: To'rabek Habibullaev - Alfonso Dominges (Ozarbayjon) - 5:0
+92 kg: Arman Maxanov - Davit Chaloyan (Armaniston) - 5:2