Boks bo'yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Kecha musobaqa saralash bahslari doirasida 7 nafar vatandoshimiz ringga ko'tarildi hamda ularning barchasi g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi.

Natijalar bilan tanishing:

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Armen Mashakaryan (IBO-PRO) - 4:1

-80 kg: Javohir Ummataliev - Omurbek Bekjigit uulu (Qirg'iz Respublikasi) - 5:0

-92 kg: To'rabek Habibullaev - Kalil Luan Brasil (Braziliya) - raqib ikkinchi raunddan so'ng jangdan bosh tortdi.

+92 kg: Arman Maxanov - Uladzislau Smiahlikau (Belarus) - 5:0 (raqibning qoshi yorilib ketishi oqibatida jang 1 raundda to'xtatildi; bu vaqtga kelib Maxanov ochkolar evaziga olinda borayotgandi - 5:0)

-48 kg: Shodiyorjon Meliqo'ziev - Anvarjan Xodjiev (Qirg'iz Respublikasi) - 5:0

-60 kg: Abdumalik Xalokov - Enrike Kakulov (Ispaniya) - 5:0

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Vakhtang Xarutyunyan (Armaniston) - 5:0.

Manba: stadion.uz