Boks bo'yicha jahon chempionati davom etadi. Bugun musobaqa doirasida 4 nafar bokschimiz chorak final uchun ringga ko'tariladilar. Kechagi janglardan so'ng, 7 nafar vakilimiz chorak finalni hal etdilar.

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Asilbek Jalilov - Amadu Mohammed (Gana) A ring. 18:30

-86 kg: Akmaljon Isroilov - Daulet Tulemissov (Qozog'iston) A ring. 20:15

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Samet Gumus (Turkiya) A ring. 22:00

-57 kg: Xo'janazar Nortojiev - Sachin (Hindiston) B ring. 23:15

Janglar Toshkent vaqti bilan 18:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da start oladi.

Manba: stadion.uz