Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida rossiyalik jahon chempioni Dmitriy Bivol AQSh vakili Terens Krouford haqida fikr bildirdi.

"Krouford ajoyib bokschi, u shunchaki yaxshi emas, zo'r. Menimcha, u haqida boks darsliklarida yozishlari kerak. Ha, Terens hozir dunyodagi eng yaxshi bokschi, chunki u ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni", deya Bivolning so'zlaridan iqtibos keltiradi DAZN nashri.

Manba: DAZN