Angliyaning Liverpul shahrida o'tkayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida o'zbekistonlik g'alabali yurishini davom ettirishmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi 65 kg. vazn toifasida o'zining ilk jangini o'tkazgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev ham keyingi bosqich masalasini hal qildi. Hamyurtimiz ilk saralash bosqichida xitoylik Jianxao Ju ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, O'zbekiston delegatsiyasi JChni yo'qotishlarsiz davom ettirmoqda.

Manba: stadion.uz