"Boka Xuniors" Sebalosning narxini 17 million evroga ko'tardi

"Boka Xuniors" Moskvaning "Spartak" klubidan hujumchi Esekel Sebalos uchun kamida 17 mln evro talab qiladi.
Futbolchining bozor narxi atigi etti million evroni tashkil etadi, "Spartak" esa dastlab to'qqiz million taklif qilgandi.
Gap shundaki, aynan 20 mln dollar (17 mln evro) futbolchining shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan, deb yozadi TyC Sports.
Avvalroq, 23 yoshli futbolchiga TsSKA ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi, ammo "Boka" bu ma'lumotni rad etdi.