O'zbekiston U-23 terma jamoasi navbatdagi yig'in doirasida Qarshining «Nasaf» klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 1:0 hisobidagi kichik g'alabani qo'lga kiritishdi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol birinchi bo'limning 31-daqiqasida kiritildi. «Ajdaholar» hujumchisi Bobur Abduxoliqov raqib darvozasini aniq nishonga olib, o'yinda hisobni ochdi va yakunda ushbu gol jamoasiga g'alaba taqdim etdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu o'yinda kengaytirilgan tarkibni sinovdan o'tkazib oldi.

O'zbekiston U-23 jamoasining boshlang'ich tarkibi: Maksim Murkaev, Dilshod Murtazoev, G'iyosjon Rizaqulov, Quvonch Xushvaqtov, Saidxon Hamidov, Ro'ziboy Fayzullaev, Ollobergan Karimov, Ravshan Xayrullaev, Saidumarxon Saidnurullaev (s), Nurlan Ibraimov, Amirbek Saidov.

Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: Qudratov, Rahimov, Abdullaev, Tursunmuhammadov, Ahmadjonov, Abdunazarov, Hoshimov, Anvarov, Shodiboev, Rayimqulov.

Manba: Stadion.uz