Boateng: «Portugaliyaga Ronaldusiz yaxshiroq. Agar u jamoaviy o'yinchi bo'lganida — chetga chiqib turgan bo'lardi»

Portugaliya terma jamoasiga Krishtianu Ronaldusiz yaxshiroq. Bu haqda Italiyaning «Milan» klubi sobiq hujumchisi Kevin-Prins Boateng ma'lum qildi.
«Ronaldu, agar u jamoaviy o'yinchi bo'lganida, chetga chiqib, yoshlarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat bergan bo'lardi. Portugaliyaga usiz yaxshiroq», — deya faxriy futbolchining so'zlarini keltiradi A Bola nashri.
Boateng Roberto Martines boshchiligidagi murabbiylar shtabiga zarur bo'lgan vaqtda natijaga erishish uchun Ronalduni o'yinlarning so'nggi 15-20 daqiqasida maydonga tushirishni maslahat berdi.
DR Kongoga qarshi bahsda Ronaldu samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi va statistika bo'yicha eng yomon o'yinchiga aylandi (1:1).
Manba: Stadion.uz