"Portu" prezidenti Andre-Villash-Boash "Benfika" bosh murabbiyi Joze Mourino haqida gapirdi.

"Joze Mourinoning "Portu"dagi tarixi abadiydir. Lekin hozir u "Portu"ning raqibi - "Benfika"ning murabbiyi.

"Portu" tarixi, qisman, azaliy raqiblari ustidan qozonilgan g'alabalar tufayli ajoyib bo'ldi va shu ma'noda, Mourino "Benfika"ning boshqa murabbiylari kabi, bu erda ham xuddi shunday kutib olinadi. U muvaffaqiyati bilan olqishlanadi, - dedi Boash.