Bo'lajak mavsum Simeone uchun «Atletiko»dagi oxirgisi bo'lishi mumkin

Ispaniyada yana Diego Simeonening shartnomasi yakunlanganidan keyin Madridning «Atletiko» klubidan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar avj olmoqda.
Argentinalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi. Diario AS nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, tomonlarning o'zaro hamkorlikni davom ettirmaslik ehtimoli juda yuqori — bunday vaziyatda bo'lajak mavsum mutaxassis uchun «matraschilar» boshqaruvidagi oxirgisi bo'ladi. Vaziyatga mavsum davomida yanada aniqlik kiritiladi.
Diego Simeone 2011 yilning dekabr oyidan buyon «Atletiko»ni boshqarib kelmoqda. Ortda qolgan mavsumda poytaxt jamoasi La Liga turnir jadvalida «Barselona», Madridning «Real» va «Vilyarreal» klublarini o'zidan oldinga o'tkazib yuborib, to'rtinchi o'rinda marraga etdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar