"Bizni favorit deyishlari shart emas": Xaverts "Arsenal"ning imkoniyatlarini baholadi

"Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts Chempionlar ligasi finali oldidan "PSJ"ga qarshi bo'lajak bahs haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Londonliklar uchun ushbu o'yin klub tarixida ilk bor Evropaning eng nufuzli sovrinini qo'lga kiritish imkoniyati hisoblanadi.
"Biz favoritmizmi? Men bu haqda umuman o'ylayotganim yo'q. "PSJ" – amaldagi g'olib va o'tgan mavsumda ular, ehtimol, eng yaxshi jamoa edi. Biroq biz o'zimizga ishonamiz, biz ko'p narsaga erishdik, shuning uchun bizni "anderdog" deb bilishlari unchalik muhim emas", – deb keltiradi Xavertsning so'zlarini jurnalist Konnor Xamm.
Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi ertaga, 30 may kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.