«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa Chempionlar ligasini tark etganidan so'ng o'z ijtimoiy tarmoqlarida muxlislarga yo'llangan murojaatini e'lon qildi.

Musobaqaning chorak finalida «qaymoqranglilar» «Bavariya»ga har ikkala o'yinda ham imkoniyatni boy berishdi — 1:2 va 3:4. Myunxenliklar keyingi bosqichda «PSJ» bilan to'qnash kelishadi.

«Bu (g'alaba uchun) etarli bo'lmadi, lekin biz kurashib, mag'rur holda musobaqa bilan xayrlashdik. Madridistlar, biz sizni uyatga qoldirganimizni bilamiz, lekin qo'llab-quvvatlashingiz uchun doim minnatdormiz. Siz loyiq bo'lgan ajoyib damlar albatta qaytadi. Bizda ushbu mavsumni iloji boricha kuchli tarzda yakunlashdan boshqa chora yo'q. Yashasin, Madrid!» — deb yozdi futbolchi.

Ispaniya chempionatida «Real» 70 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan 9 ochko ortda qolmoqda.