"Biz hurmatni istaymiz": Arteta "Arsenal"ning og'ir jadvali haqida gapirdi

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining joriy mavsumdagi murakkab taqvimi haqida gapirdi.
Mutaxassis Angliya Liga kubogi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yin sanasidan norozi. U 23 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Bundan ikki kun oldin "kanonirlar" "Everton"ga qarshi, 27 dekabr kuni esa "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.
"Bizda 7 nafar futbolchi jarohat oldi. Tarkibning qaysi chuqurligi haqida gapirayotganimizni bilmayman. Bizga ko'plab futbolchilar etishmayapti. Agar har uch kunda o'ynashda davom etsak... Biz hurmatni istaymiz," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
"Arsenal" Angliya chempionatining 10-turidan keyin 25 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.