Bishkekda O'zbekiston — Portugaliya o'yini katta ekranda namoyish etiladi

23 iyun kuni Bishkek shahridagi Turdaqun Usubaliev maydonida Jahon chempionati-2026 final bosqichi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston — Portugaliya uchrashuvini jonli tomosha qilish uchun maxsus fan-zona tashkil etiladi.
Bishkek shahar hokimligi ma'lumotiga ko'ra, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun katta ekran o'rnatiladi. Unda barcha xohlovchilar uchrashuvni birgalikda kuzatib, bayramona sport muhitida jamoalarni qo'llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Tadbir doirasida soat 21:20 da mahalliy estrada yulduzlari ishtirokida ko'ngilochar dastur boshlanadi. Soat 22:00 dan 23:00 gacha o'yin oldidan sharhlar va jonli efir tashkil etiladi. Uchrashuv esa soat 23:00 da start oladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar