Bir yo'la uch nafar futbolchi dunyoning eng qimmat hujumchilari deb topildi

Transfermarkt portali jahon futbolidagi eng qimmat hujum chizig'i vakillarini e'lon qildi. Reytingning birinchi pog'onasini bir vaqtning o'zida uch nafar yulduz egalladi: Lamin Yamal («Barselona»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Kilian Mbappe («Real Madrid»).
Ushbu futbolchilarning har biri portal tomonidan 200 million evroga baholanmoqda.
Reytingning ikkinchi pog'onasida «Real Madrid» va Braziliya terma jamoasi a'zosi Vinisius Junior joylashdi. Vingerning bozor qiymati 150 million evro etib belgilandi.
Uchinchi o'rin esa Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Maykl Olisega nasib etdi — 140 million evro.