Beyl "Real" ustozi Alonso haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl jamoaning hozirgi murabbiyi Xabi Alonsoning faoliyati haqida fikr bildirdi. Seshanba kuni "qaymoqranglilar" Angliyada Chempionlar Ligasi doirasida "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi (0:1).
"Hammaga ma'lumki, ba'zida "Real" taktikadan ko'ra alohida futbolchilarning individual sifatlariga tayanadi. Ishonchim komilki, Alonso o'zining ulkan o'yin va murabbiylik tajribasini hisobga olgan holda hamma narsani juda yaxshi tushunadi", - deya uelslik sobiq hujumchining so'zlarini keltiradi ispan OAV.
Xabi Alonso joriy yilning yozida Braziliya terma jamoasiga ketgan Karlo Anchelotti o'rniga "Real"ni qabul qilib oldi.