Beyl Anchelottining «Real» darajasidagi klublarda nimaning hisobiga muvaffaqiyatga erishishini aytdi

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Garet Beyl italiyalik murabbiy Karlo Anchelottining nima uchun top-klublarda muvaffaqiyat qozonishga qodirligi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi. Anchelotti «qaymoqranglilar»dan tashqari «Milan», «Bavariya», «Chelsi», «Yuventus» va «PSJ» klublarini ham boshqargan.
«Karlo — shunchaki ajoyib murabbiy. U psixologiyani va futbolchilarga bo'ladigan bosimni juda yaxshi tushunadi. U o'yinchilar bilan shunday munosabat o'rnatadiki, ular murabbiy haqiqatan ham g'amxo'rlik qilayotganini his qilishadi. Ba'zan futbolchilar yaxshi sport formasida bo'lishmaydi, lekin Karlo ularni qanday qo'llab-quvvatlashni va ruhlantirishni biladi.
Madridning «Real»i kabi katta klubda futbolchilarni shunchaki shug'ullantirish shart emas. U erda egoni boshqara bilish kerak. Mana shuning uchun ham u eng yirik klublarda bunchalik muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda», — deya Beylning so'zlarini keltiradi The Athletic.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar