"Betis" Sebalos uchun "Real" xohlayotgan summani to'lay olmaydi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Daniel Sebalos o'ziga yangi jamoa qidirishda davom etmoqda.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" uni 15-20 mln evroga sotishga tayyor. Qayd etilishicha, futbolchining o'zi "Betis"ga o'tishni istamoqda, ammo Sevilya klubi bunday mablag'ni sarflashga tayyor emas.
2024/25 yilgi mavsumda Sebalos Ispaniya chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakat qilmadi.