"Beshiktosh" so'nggi 13 yil ichida ilk bor evrokuboklarda ishtirok etmaydi

Istanbulning "Beshiktosh" klubi so'nggi 13 yil ichida ilk bor evrokuboklarning final bosqichida ishtirok etmaydi.
Eslatib o'tamiz, "burgutlar" payshanba oqshomida Konferentsiyalar ligasi pley-off bosqichi javob bahsida Shveytsariyaning "Lozanna" jamoasiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Qarama-qarshilikning umumiy hisobi - 1:2.
"Beshiktosh" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Istanbulning Evropa qismidagi ushbu jamoa Turkiya ligasidagi chempionlikni oxirgi marta 2021 yilda qo'lga kiritgan.