Aleks Oksleyd-Chemberlen "Beshiktosh"ni tark etadi.

Turkiya klubi o'zaro kelishuvga ko'ra 32 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilganini e'lon qildi.

Kelishuvga ko'ra, futbolchiga 1 750 000 evro miqdorida tovon puli to'lanadi.

Avvalroq, "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Buyuk Britaniyaga qaytishni istayotgani, APL va Chempionship variantlarini ko'rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.