"Beshiktosh" "Chelsi" futbolchisi bo'yicha muzokaralarni boshladi

"Beshiktosh" "Chelsi" vingeri Rahim Sterlingni o'z safiga chorlamoqchi.
Bu yozda ingliz "Arsenal"dagi ijarasini yakunlab, "ko'klar" ixtiyoriga qaytdi, ammo murabbiy Entso Mareska tajribali futbolchidan umid qilmayapti. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, Turkiyaning "Beshiktosh" klubi Sterling bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. 30 yoshli futbolchi Turkiyaga ko'chib o'tishga tayyormi yoki yo'q, hozircha noma'lum, ammo u "Chelsi"dan ketishi aniq.
Rahim Sterlingning Transfermarkt portalidagi narxi - 10 mln evro. Mish-mishlarga ko'ra, London klubi ancha ko'proq - 20 mln funt (23 mln evro atrofida) so'ramoqda.