Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Arsenal» hujumchisi Leandro Trossar uchun 20 million evro taklif qilmoqda, deb yozadi football-italia.net portali.

«Beshiktosh» bosh murabbiyi Vinchentso Italyano o'z o'yin uslubiga mos ravishda hujum chizig'ini kuchaytirish yo'llarini faol tarzda izlamoqda. Turkiya va Italiya manbalari bergan ma'lumotlarga ko'ra, klub londonliklarga belgiyalik futbolchining transferi bo'yicha rasmiy taklif yuborib ulgurgan. Sxema 18 million evro kafolatlangan summa + 2 million evro bonus ko'rinishida ifodalangan.

31 yoshli belgiyalik Trossard ayni damda Belgiya terma jamoasi safida JCh-2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Uning «Arsenal» bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga etadi, shu sababli London klubi futbolchini tekinga qo'yib yubormaslik uchun uni shu yozda sotishga rozi bo'lishi mumkin.

Manba: Stadion.uz