Bernat faoliyati bo'yicha qaror qabul qildi

Ispaniyalik himoyachi Xuan Bernat professional faoliyatini davom ettirishga tayyorligini ma'lum qildi. Ispaniyalik o'zining ijtimoiy tarmog'ida jarohatlar va operatsiyalarga qaramay, sog'lig'ini to'liq tiklagani va o'yinni davom ettirishga tayyorligini yozgan.
Eslatib o'tamiz, Bernat 32 yoshda. Uning maydondagi asosiy pozitsiyasi chap qanot himoyachisi.
Eslatib o'tamiz, Bernat bungacha "Bavariya", "PSJ", "Benfika", "Vilyarreal" kabi klublarda to'p tepgan. U mashhur "Valensiya" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
2025 yilning yozidan beri Xuan jamoasiz. Uning so'nggi klubi hozircha "Xetafe" edi.