Bernardu Silvaga A Seriyaning ikki grandiga qiziqish bildirmoqda, ammo bir muammo bor

Yarimhimoyachi Bernardu Silva tez orada jamoasini o'zgartirishi mumkin. Uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Calciomercato xabariga ko'ra, 31 yoshli Silvaning agenti bilan dastlabki muzokaralarni A Seriyaning ikki grandi - "Yuventus" va "Milan" olib borgan. Bu klublar transfer imkoniyatini chamalab ko'rmoqchi edi.
Ish haqi to'siq bo'lishi mumkin. Hozirda "Manchester Siti"da Bernardu yiliga 10 million evro atrofida maosh oladi. Italiya klublari bu miqdordagi mablag'ni jalb qilishi qiyin bo'ladi.
Avvalroq matbuotda Bernardu Silvaga Saudiya Arabistonining boy klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.