Bernardu Silva «Real»ning taklifini qabul qildi

«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Bernardu Silva Madridning «Real» klubi taklif qilgan shartnomaga rozilik bildirdi va «qaymoqranglilar» safiga erkin agent sifatida qo'shiladi. Bu haqda Fussball Transfers jurnalisti Dominik Shnayder o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalari «Real» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi kutilgan Joze Mourino 31 yoshli portugaliyalik futbolchining transferiga shaxsan qiziqish bildirayotganini xabar qilgan edi.
O'tgan mavsumda Bernardu Silva barcha musobaqalar doirasida 53 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U mazkur o'yinlarda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evroga baholanmoqda.