Bernardu Silva - "Manchester Siti"ning yangi o'yinchisi haqida: "Fantastik futbolchi"

"Manchester Siti" sardori Bernardu Silva jamoadoshi Antuan Semenoni e'tirof etdi.
"Antuan nafaqat zo'r o'ynaydi, balki jamoaga juda moslashib ketgan ajoyib yigit. Jamoaga yordam berish istagida yonayotgan fantastik o'yinchi. Umid qilamanki, u shunday davom etadi," - dedi Bernardu Silva ITV Sport telekanaliga bergan intervyusida.
"Manchester Siti" "Bornmut"dan Antuan Semenoni 75 mln evroga sotib oldi. Transfer joriy oyning boshida amalga oshirildi.